Qidirish

Ochiq osmon ostida amaliy mashg'ulot
 
   Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dots, Turon Fanlar Akademiyasining faxriy akademigi Savriyev Jasur Faxriddinovich tomonidan “Maktabgacha ta'lim” yo'nalishi 1 kurs 5-01 hamda 5-02 guruh sirtqi ta'lim talabalari uchun ochiq osmon ostida “Qosimshayx” ziyoratgohida "O'zbekistonda madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish" mavzusida ochiq dars tashkil etildi. 
 
 
       Noyob me'moriy yodgorliklar, diniy, ma'rifiy ahamiyatga ega bo'lgan tarixiy obidalar, tabarruk ziyoratgohlar qayta ta'mirlanib, atroflari obodonlashtirilayotganligi, shuningdek, qadimgi shaharlarda tarixiy binolar joylashgan hududlarni kompleks ravishda tiklash bilan bir qatorda zamonaviy shaharsozlik tamoyillari asosida ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilayotganligi, tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi haqida talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi.