"Ota-onalar bilan hamkorlik texnologiyasi"
fanidan ochiq dars tashkil etildi
"Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta`lim shakli 2-kurs 5-guruh talabalari bilan o'qituvchi Xidirova Umida Erkin qizi tomonidan "Ota-onalar bilan hamkorlik texnologiyasi" fanidan "Maktabgacha ta`lim tashkiloti va oila o`rtasida hamkorlik o`rnatishda tarbiyachi pedagoglar jamoasi va ota-onalarning faol ishtiroki" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq dars "Emotsiyalar", "Oilaviy gerbi", "Oila daraxti", "Ishonch ko'prigi" kabi metodlar va "Men va mening farzandim" kabi psixologik treninglar orqali tashkil etilib, talabalar faolligi oshirildi.
Bahs-munozaralar, savol-javoblar orqali mavzuga chuqur yondashildi.