Qidirish

   

    Joriy yilning 13 - oktyabr kuni Navoiy innovatsiyalari universiteti tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘limi hamshirasi M.I. Astanova hamda Karmana tumanining sog‘lomlashtirish markazi shifokori H.H. Fayziyeva bilan hamkorlikda universitetda tahsil oluvchi talabalar ishtirokida yaqinlashib kelayotgan URVI va GRIIP mavsumiy kasalliklarni oldini olish maqsadida seminar trening bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbirda 100 dan ortiq yosh talabalar salomatlik markazi shifokorining yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha fikr, mulohaza va tavsiyasi bilan yaqindan tanishdilar.

    Shu bilan birga munozara tarzida o‘tgan tadbirda universitet talabalari  o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.