Qidirish

Buyuk mutafakkirlar merosi o‘rganildi
 
    Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Dilnavoz Rahmonova tomonidan sirtqi ta'lim shakli, Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi 2-kurs 12-guruh talabalari bilan "Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ta'lim rivojidagi xizmatlari. Abdurahmon Jomiyning ilmiy-axloqiy qarashlari. Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
 
 
      Ochiq dars davomida talabalar buyuk mutafakkirlarimizning ta'lim sohasiga qo‘shgan hissalarini chuqur o‘rgandilar.
 
 
    "Tushunchalar tahlili" nomli interaktiv usuldan foydalanilib, talabalar guruhlarga bo‘linib bahslashdilar.
 
 
     "Alisher Navoiy" guruhi g‘olib deb topildi va sahna ko‘rinishlari orqali buyuk mutafakkirlar siymosi jonlantirildi.