Fikr – qurol, bilim – quvvat:
Korrupsiyaga qarshi kurash
Navoiy innovatsiyalar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi PhD Dinara Qurbonovna Arapbayeva tomonidan Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun “Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari” mavzusida ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.
Dars noan’anaviy usullar asosida tashkil etilib, “Aqliy hujum”, “FSMU” hamda “Sinkveyn” metodlari orqali talabalar ishtiroki, fikrlashi va mavzuga oid bilimlari faol mustahkamlandi.
Interaktiv yondashuvlar dars samaradorligini oshirib, yosh avlodda halollik, mas’uliyat va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.