Qidirish

Xavfsiz va sog‘lom jamiyat sari
 
       Navoiy innovatsiyalar universitetida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi vakillari — polkovniklar Matlyubov Axmadjon, Kazakov Toxir hamda podpolkovnik Qurbonov Baxromjon ishtirok etdilar.
 
 
       Uchrashuvda yoshlar orasida huquqbuzarliklar, kiberjinoyatchilik, zararli internet oqimlari va ularning oldini olish yo‘llari tahlil qilindi. Nutqlarda yoshlarning huquqiy ongi, fuqarolik mas’uliyati va vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish zarurligi ta’kidlandi.
 
 
     Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, talabalar ichki ishlar tizimidagi islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurash va huquqlarini himoya qilishga doir savollariga javob oldilar.
 
 
    Bunday uchrashuvlar huquqiy savodxonlikni oshirish va yoshlarni ogohlikka chorlashda muhim vosita ekani qayd etildi.