O'zbek xalqining sevimli va olovqalb shoiri
Muhammad Yusuf 71 yoshda!
Navoiy innovatsiyalar universitetida xalqimizning ardoqli farzandi, xalqona sodda va samimiy uslubi bilan nomi millat qalbiga abadiy muhrlangan O'zbekiston xalq shoiri, "Do'stlik" ordeni sohibi Muhammad Yusuf hayoti va ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan "Ulug'imsan, Vatanim!" deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda universitet rahbariyati, shoirlar, professor-o'qituvchilar hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Adabiy-badiiy kecha davomida shoir Muhammad Yusufning boy ma'naviy merosi, betakror dostonlari va xalqona she'rlari bilan milliy ma'naviyatimiz va adabiyotimiz xazinasiga qo'shgan beqiyos hissasi yuksak e'tiroflar, she'r va qo'shiqlar orqali ko'rsatib berildi.
Shoir qalamiga mansub asarlar asosida tayyorlangan sahna ko'rinishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot uyg'otdi.
Navoiy innovatsiyalar universiteti - siz istagan ma'rifat va ziyo maskani!