Qidirish

Ilmiy salohiyat sinovi – faxrli natija!
 
   2025-yil 29-aprel kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida ZARMED universitetining Buxoro kampusi tomonidan tashkil etilgan 1-Respublika fan olimpiadasining oliy ta’lim muassasasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
 
 
     “Ingliz tili” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan ushbu bosqichda 20 dan ortiq iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
 
 
      Olimpiada natijalariga ko‘ra, Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi 1-kurs talabasi Ilmuratova Sevinch Ne’mat qizi yuqori natijaga erishib, universitetimiz sha’nini Respublika bosqichida himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
        Sevinchga katta omad va zafarlar tilaymiz!