Oila – bu jamiyat ko‘zgusi. Uni anglash esa
psixologik yetuklikdan boshlanadi
Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o`qituvchisi Narmuradova Rayhon Uktamovna tomonidan Boshlang`ich ta`lim 1-kurs 3,4-guruhlar uchun "Oila psixologiyasi" mavzusida ochiq ma`ruza mashg`uloti o`tkazildi.
Talabalar oilaviy munosabatlar, psixologik moslashuv, emotsional intellekt va inqirozli vaziyatlarda o‘zini tutish bo‘yicha qimmatli bilimlar oldilar. Mashg‘ulot interaktiv metodlar va real hayotiy misollar asosida olib borildi.
Dars nafaqat nazariy bilimlar, balki chuqur psixologik tahlillar bilan boyitildi. Talabalar faolligi, ochiq fikrlari va savollar darsni yanada mazmunli qildi.