NIUda ilmiy yutuqlar e’tirof etildi va yangi
zafarlarga yo‘l ochildi
Navoiy innovatsiyalar universitetida ilmiy salohiyatni oshirish va ta’lim sifatini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam qo‘yildi.
Universitet Kengashining 10-son yig‘ilishida kengash raisi, s.f.d. (DSc), professor Mavlonov Jo‘rabek Yorqulovich ilmiy darajaga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni samimiy muborakbod etib, ularning yutuqlarini alohida e’tirof etdi.
Mazkur yig‘ilishda Iqtisod va axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Amonov Muhsin Erkinovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga, shuningdek, Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi Mirzayeva Zulayho Abduqahhor qizi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganliklari munosabati bilan universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.
Ushbu yutuqlar universitet ilmiy salohiyatining oshishiga hamda ta’lim sifatining yuksalishiga xizmat qiladi.