Qidirish

Jadidilarning ma’rifatparvarlik xizmatlari
 
    Navoiy innovatsiyalar universitetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Ro‘ziyeva Nafosat Abdumumin qizi tomonidan “Pedagogika” yo‘nalishi 1-kurs kunduzgi ta’lim 1-guruh talabalari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanidan “Munavvar Qori Abdurashidxonov va Is’hoqxon To‘ra Ibratlarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma’rifatparvarlik xizmatlari va Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati va ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari” mavsusida ochiq dars o‘tkazildi.
 
 
      Mashg‘ulot davomida talabalar jadidchilarning hayoti va ijodi, yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma’rifatparvarlik xizmatlari va pedagogik fikrlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.
 
 
     Talabalar 2 guruhga bo‘linib, “Talaba kayfiyati”, “Tezkor fikr”, “Zehn matni”, “Haqiqat va yolg‘on”, “Atamalar izohi”, “Vediotopishmoq”  interfaol metodlar orqali o‘z bilim ko‘nikmalarini namoyon etishdi.