Qidirish

"Natural sonlar va ularni o‘qitish metodikasi"
bo‘yicha ochiq dars
 
         Navoiy innovatsiyalar universiteti "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi o'qituvchisi Shavkatova Shahrizoda Shavkatovna tomonidan Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1-kurs kunduzgi ta'lim 4-guruh talabalari uchun "Matematika va uni o'qitish metodikasi" fanidan "Tartib va sanoq natural sonlar. Natural son miqdorlarni o'lchash natijasi sifatida" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
 
 
          Mashg'ulot jarayonida talabalar tartib va sanoq natural sonlarning ta'rifi va ularning miqdorlarni o'lchash jarayonidagi amaliy ahamiyati haqida bilimlarga ega bo'lishdi.
 
 
     Talabalar 2 guruhga bo'lib,  "Krossvord", "Sirli koinot", "Qiziqarli matematika", "Xazinalar sandiqchasi" singari interfaol usullardan foydalangan holda o'z bilim va ko'nikmalarini namoyon etishdi.