Qidirish

Quvnoq startlar: Xotira va qadrlash
ruhida sport bayrami
 
     2025-yil 8-may kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi tashabbusi bilan 9-may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan professor-o‘qituvchi ayollar o‘rtasida “Quvnoq startlar” nomli sport musobaqasi o‘tkazildi.
 
 
     Mazkur musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoa ruhini mustahkamlash hamda bayramona kayfiyatni ulashish maqsadida tashkil etildi.
 
 
     Bellashuvlar jarayonida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, jipsligi va ijobiy energiyasi bilan barchaga ijobiy taassurot qoldirishdi.
 
 
       Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar universitet rahbariyati tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
 
 
       Tadbir barchada iliq taassurot qoldirib, bayram shukuhini yanada oshirdi. Bu kabi sport tadbirlari universitet hayotini yanada fayzli va mazmunli qilishga xizmat qiladi.