"VATAN IFTIXORI" ko‘krak nishoni sohibi –
Narziqulov Rabbim Aminjon o‘g‘li
Joriy yilning 10-may kuni Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli tadbirda Navoiy innovatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi Narziqulov Rabbim Aminjon o‘g‘li o‘z ilmiy maqolasi bilan ishtirok etdi.
Vatanimiz mustahkamligini ta’minlash, xalqimizga xizmat qilish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qo‘shgan bebaho hissasi, fidoyiligi va halolligi munosib e’tirof etilib, u “Best Publication” ilmiy-tadqiqotlar markazi tomonidan "VATAN IFTIXORI" esdalik ko‘krak nishoni va Sertifikat bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
Talabamizga kelgusi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz. Yutuqlari bardavom bo‘lsin!