"Yangi diniy ta’limotlar" bo‘yicha ochiq dars
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Ochilov Baxtiyor Shuhrat o‘g‘li tomonidan “Yangi diniy ta’limotlar va sektalar” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Mazkur ochiq dars Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) yo‘nalishi 1-bosqich 102-guruh talabalari ishtirokida o‘tkazildi.
Dars davomida talabalar bilan diniy ta’limotlarning turli shakllari, zamonaviy sektalarning paydo bo‘lish sabablari, ularning jamiyatga ta’siri hamda ularni tanib olish usullari haqida chuqur tahlil olib borildi.
Ochiq dars jarayonida zamonaviy kreativ metodlar, jumladan, interaktiv savol-javoblar, guruhlarda muhokama va vizual materiallardan foydalanildi. Bu yondashuv talabalar faolligini oshirishga, mavzuni chuqur anglab yetishlariga va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Dars yakunida talabalar tomonidan mavzuga oid qiziqarli fikrlar bildirildi va muhokamalar tashkil etildi.