Narkotik moddalarga qarshi kurash –
yurt kelajagi uchun mas’uliyat
15-apreldan 15-mayga qadar davom etayotgan “Narkotik va psixotrop moddalariga qarshi targ‘ibot” oyligi doirasida Navoi innovatsiyalar universitetida navbatdagi muhim tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Universitet profilaktika inspektori hamda yoshlar yetakchisi ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Tadbir davomida talabalar o‘rtasida narkotik moddalarining inson salomatligiga, aql-idrokiga, jamiyat va oilaga yetkazadigan jiddiy zararli oqibatlari haqida atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Targ‘ibot davomida ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzi, ma’naviy barkamollik va ijobiy muhitda yashashning naqadar muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, har bir yosh yigit-qizning o‘z salomatligi va kelajagiga befarq bo‘lmasligi, zararli odatlar emas, bilim va intilishlar orqaligina yuksak cho‘qqilar zabt etilishi mumkinligi haqida motivatsion fikrlar bildirildi.