Qidirish

Til bilimiga berilgan munosib baho
 
        O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan O‘zbek tili va adabiyoti fanidan test sinovi natijalariga ko‘ra, Navoiy innovatsiyalar universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘z mutaxassisliklariga mos sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
 
 
       8-may kuni "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi tomonidan ushbu yutuq munosabati bilan talabalar tantanali ravishda taqdirlandi:
  Muqimova Kamola Normurodovna – C daraja
  Muratova Umida Bahodirovna – C daraja
  Yuldashova Gavhar Husanovna – C daraja
  Ravshanova Ruxshona Husen qizi – C daraja
 
 
    Barchalariga kelgusi o‘qishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
    Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!