Qidirish

Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha ochiq dars –
interaktiv yondashuv asosida
 
      Navoiy innovatsiyalar universiteti “Filologiya va tillarni o‘qitish” kafedrasi o‘qituvchisi Yo‘ldosheva Dilnoza Xasan qizi tomonidan “Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili” yo‘nalishi 1-kurs 2-guruh talabalariga “O‘zbek tili” fanidan “Davlat tilida ish yuritish asoslari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
 
 
       Dars jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida interaktiv metodlardan, jumladan “Juftingni top”, “Sirli bo‘shliqni to‘ldir”, “Aql charxi” hamda “So‘z tuz” kabi usullardan samarali foydalanildi.
 
 
       Ushbu metodlar orqali talabalar mavzuni chuqurroq o‘zlashtirish, fikr yuritish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniga ega bo‘lishdi.
 
 
      Ochiq dars talabalarning faolligini oshirgan, ularning davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.