"Iqtisodiyot nazariyasi" va "Innovatsion iqtisodiyot" fanlaridan
universitet bosqichi olimpiadasi o‘tkazildi
Navoiy innovatsiyalar universitetida Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi tashabbusi bilan Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari o‘rtasida "Iqtisodiyot nazariyasi" hamda "Innovatsion iqtisodiyot" fanlaridan fan olimpiadasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur olimpiadada 20 dan ortiq iqtidorli talabalar ishtirok etdilar. Olimpiada ikki bosqichda o‘tkazildi:
1-bosqich – test sinovi
2-bosqich – yozma ish
Natijalarga ko‘ra:
"Iqtisodiyot nazariyasi" fan yo‘nalishida Rayimova Feruza 1-o‘rinni egalladi.
"Innovatsion iqtisodiyot" fan yo‘nalishida esa Vafoyeva Dilorom faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarimiz ZARMED Universitetining Buxoro kampusida bo‘lib o‘tadigan 1-Respublika fan olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz va Respublika bosqichida ularga katta omad tilaymiz!