Fuqaro muhofazasi bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi
(Surxondaryo_kampusi)
Sho‘rshi tuman FVBB tomonidan Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi talabalari uchun seminar tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman FVBB boshlig‘i podpolkovnik Mansur Mamaraimov, inspektor-leytenanat A.Abdullajonov ishtirok etib talabalarga favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofasi bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi.
Mutaxassislari tomonidan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni bartaraf etish hamda tibbiy va ijtimoiy xizmatlari, maxsus vosita va avtomobillari namoyishlari o‘tkazildi.
Bu kabi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish zamirida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish tartib-qoidalarini o‘rgatish bilan birga favqulodda vaziyatlarda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, boshqalarni qutqarish, qutqaruvchilarning mashaqqatli mehnatlarini his etish, qutqaruvchilik kasbiga yanada qiziqtirish yotadi.