Bugun Navoiy innovatsiyalar universiteti ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o`qituvchilari Narmuradova Rayhon Uktamovna, Raxmatova Nasiba Sobirovna tomonidan "Huquqiy savodxonlik-zamonaviy jamiyatning muhim ehtiyoji" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etib, talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularning o‘z huquq va majburiyatlarini to‘g‘ri tushunishi bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdilar.
Shuningdek, talabalarga amaldagi qonunchilik, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan suhbatda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Bunday uchrashuvlar talabalarning huquqiy ongini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.