Qidirish

Favqulodda vaziyatlar: yoshlar
bilan suhbat
 
    Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusida Sho‘rchi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbar xodimlari hamda talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv tashkil etildi.
 
 
      Tadbirda, shuningdek, maktab o‘quvchilaridan tashkil topgan “Yosh qutqaruvchilar” ko‘ngilli jamoasi ham faol ishtirok etdi.
 
 
      Uchrashuv davomida fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari haqida fikrlar bildirildi va yoshlarning sohaga oid savollariga javoblar berildi.
 
 
      Shu bilan birga, talaba va o‘quvchilar tomonidan ilgari surilgan innovatsion g‘oyalar, tashabbuslar, sohaga oid takliflar muhokama qilinib, ularni amalga oshirish bo‘yicha takliflar eshitildi.