2025-yil 16-may kuni Buxoro viloyatidagi ZARMED universiteti Buxoro kampusida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 1-Respublika fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Navoiy innovatsiyalar universiteti 5 ta yo‘nalish bo‘yicha munosib ishtirok etdi.
Quvonarlisi, universitetimiz talabalari quyidagi yutuqlarga erishishdi:
Vafoyeva Dilorom – Innovatsion iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin, 3 million so‘m pul mukofoti;
Muxtorov Rustam – Dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rin, 2 million so‘m pul mukofoti;
Rayimova Feruza – Iqtisodiyot nazariyasi yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rin, 1 million so‘m pul mukofoti, statuetka va sertifikat bilan taqdirlandilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 26 ta oliy ta’lim muassasasi orasida Navoiy innovatsiyalar universiteti umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
G‘oliblarimizni chin dildan tabriklaymiz va barcha talabalarga kelgusi ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!