Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi
Xiva shahriga sayohat qildi
Navoiy innovatsiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalaridan iborat guruh Xiva shahriga ilmiy-ma’rifiy sayohatga chiqdi.
Sayohat davomida ular Xivaning tarixiy yodgorliklari bilan tanishib, Arda Khiva turizm kompleksini ziyorat qilishdi.
Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan sayohatda ishtirokchilar Ichan Qa'la, Arda kompleksini o‘rganishdi. Shuningdek, Urganch shahriga ham tashrif buyurilib, uning tarixiy yodgorliklari va madaniy ahamiyati o‘rganildi.
Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, tarixiy joylarni o‘rganish va kelajakdagi ilmiy tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Bu sayohat universitet jamoasining birgalikdagi o‘quv jarayonini yanada boyitishga, talabalar va o'qituvchilarning ilmiy fikr doirasini kengaytirishga xizmat qildi.