Seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’lim tizimi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Navoiy innovatsiyalar universiteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadqiqot metodologiyasi, tadqiqot maqsadlari va vazifalarini tizimli o'rganish hamda tadqiqot ishi yozish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan “Tadqiqot metodologiyasi va LaTeX dasturi” mavzusidagi ilmiy seminar-trening ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.
23-24 oktabr kunlari davom etgan ushbu seminar-treningda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar hamda o'zaro bilim va tajriba almashishdi.