Qidirish

AQSh elchixonasi vakillari Navoiy innovatsiyalar
universitetiga tashrif buyurdi
 
   Joriy yilning 20-may kuni Toshkentdagi AQSh elchixonasining Jamoatchilik diplomatiyasi bo‘yicha xodimi Ardita Dunellari hamda AQShda ta’lim bo‘yicha koordinatori Jamila Nasridinova Navoiy innovatsiyalar universitetiga amaliy tashrif buyurishdi.
 
 
      Tashrif davomida mehmonlar universitet faoliyati bilan yaqindan tanishib, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar uchun AQSh ta’lim tizimi va dasturlari haqida taqdimot o‘tkazishdi.
 
 
     Tadbir ochiq muloqot ruhida bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi. Uchrashuv yakunida mehmonlar tomonidan tadbir ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi, shuningdek, universitet tomonidan ham mehmonlarga sovg‘alar taqdim etildi.
 
 
    Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Navoiy innovatsiyalar universitetining AQShning to‘rt mingdan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, talaba va professor-o‘qituvchilarning AQShda ta’lim olish va ilmiy izlanish olib borish imkoniyatlarini kengaytirishdir.
 
 
   Bu esa kelajakda yurtimiz ravnaqi yo‘lida salmoqli hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.