Talabalar uchun suv havzalarida xavfsizlikka
bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Navoiy innovatsiyalar universitetida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Navoiy viloyati va Karmana tumani FVB hamkorligida “Suv havzalarida cho‘milish qoidasi – salomatlik va xavfsizlik garovi” mavzusida ko‘rgazmali o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbirda mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla faollari va OAV vakillari ishtirok etdi. Seminar Vazirlar Mahkamasining 164-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etilib, aholining suv havzalaridagi xavfsizligini ta’minlashga qaratildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga suvda to‘g‘ri cho‘milish qoidalari, favqulodda holatlarda o‘zini qanday tutish, xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyati yaratildi.
Bunday tadbirlar yosh avlodda xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish, ularning hayotini himoya qilish va favqulodda holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.