Qidirish

Vatanparvarlik ruhi: Navoiyda harbiy-festival
yoshlar qalbiga faxr baxsh etdi
 
      Navoiy innovatsiyalar universiteti va Navoiy viloyat Yoshlar ittifoqi Kengashi hamkorligida "Vatan muqaddas – uni himoya qilish sharafli burch!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali tashkil etildi.
 
 
      Mazkur tadbir yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik, yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratildi.
 
 
     Festival doirasida Navoiy garnizonida joylashgan 20022- va 99368-harbiy qismlar orkestrlari ishtirokida musiqiy chiqishlar, faxriy qorovul jamoalarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
 
 
     Shuningdek, Karmana tuman Qo‘riqlash bo‘limi va Kamonchilar Ichki ishlar boshqarmasi Kinologiya xizmati xodimlari ham o‘z mahoratlarini namoyon qilishdi.