Qidirish

Bitiruvchilarga mustahkam tayanch – “Kelajakka qadam”
dasturi doirasida yangi bosqich
 
         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli qarori va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 20-martdagi 114-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Navoiy innovatsiyalar universitetida muhim tadbir tashkil etildi.
 
 
       Tadbir doirasida “O‘zmilliybank” AJning Navoiy viloyat boshqarmasi rahbarlari ishtirokida bitiruvchi talabalarga “Kelajakka qadam” dasturi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
 
 
       Mazkur dastur doirasida bank hamda universitet o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
 
 
          Shuningdek, universitetda faoliyat yuritayotgan “Kelajakka qadam” markazining Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi orqali bitiruvchilarga o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish, amalga oshirish va ish bilan ta’minlanish bo‘yicha maslahatlar hamda amaliy ko‘maklar taqdim etilishi ta’kidlandi.
 
 
         Ushbu tashabbus yoshlarning bandligini ta’minlash, Navoiy innovatsiya universiteti bitiruvchilarining mehnat bozoriga samarali integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, xususiy sektor va tijorat banklari bilan hamkorlikda zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.