Qidirish

“Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi” shiori
ostida davra suhbati
 
       Bugun Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusida Axborot-resurs markazi kutubxonasida talabalar o‘rtasida “Eng kitobxon talaba” hamda “ARMning eng faol kitobxon a’zosi” nominatsiyalari bo‘yicha ko‘rik-tanlov asosida davra suhbati tashkil etildi.
 
 
      Tadbir O‘zbekiston xalq shoiri, adabiyotimizning zabardast namoyandasi Halima Xudoyberdiyevaning boy ijodiy merosi va sermazmun hayot yo‘liga bag‘ishlandi. 
 
 
         Tadbirning faxrli mehmoni — Sho‘rchi tumani hokimligi rasmiysi Iqboloy Sattorova ishtirok etib, yoshlarga motivatsion chiqish qildi.
 
 
        Shuningdek, ARM bo‘lim boshlig‘i Yusupova Muhayyo o‘z nutqida kitobning inson kamolotidagi o‘rni, mutolaaga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish borasida qimmatli fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
 
 
       Tanlovda g‘olib deb topilgan faol kitobxonlarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.