"Yangi o‘zbek adabiyoti" fanidan
ochiq dars tashkil etildi
Navoiy innovatsiyalar universiteti "Filologiya va tillarni o‘qitish" kafedrasining O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 1-guruh (kunduzgi ta'lim) talabalari bilan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD Fayzullayeva Raʼno Maxmudovna tomonidan "Hamid Olimjon va Mirtemir sheʼriyati" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjon hamda o‘zbek sheʼriyatining bobodehqoni Mirtemir ijodining o‘ziga xosligi, asarlaridagi mavzu rang-barangligi, ularning jahon va o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasiga eʼtibor qaratildi.
Ochiq dars zamonaviy texnologiyalardan "Tezkor savol-javob", "Biografik taqdimot", "Tahlil va tadqiq", "Sheʼriy labirint", "Musiqiy topishmoq" hamda "Ijodiy loyiha" kabi metodlar orqali tashkil etilib, talabalar bilimi mustahkamlandi. Bahs-munozaralar, savol-javoblar orqali mavzuga chuqur yondashildi.