Qidirish

NIU talabasi “Ta'limdagi muvaffaqiyatlari uchun”
ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
 
        Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi iqtidorli talabasi, Rektor stipendiyasi sohibasi Murtazayeva Sevara Nemat qizi, Findlandiya konferensiyasi hamda “Quality publication” nashiryoti bilan hamkorlikdagi, "Ta'limdagi muvaffaqiyatlari uchun" nomli ilmiy-amaliy ko’rik tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
 
 
     Uning "Inkluziv ta’limning jahon darajasidagi muammolari va yechimlari tahlili O’zbekiston misolida" mavzusidagi maqolasi Oʻzbekiston va Finlandiya ilmiy maqolalar markazida chop etildi hamda Google Scholar, Zenodo bazalarida indekslandi. 
 
 
       Ushbu yutuqlari va tanlovdagi faol ishtiroki uchun Murtazayeva Sevara Nemat qizi sertifikat, diplom, statuetka  hamda "Ta'limdagi muvaffaqiyatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.