Qidirish

"Umumiy kimyo va fizika" fanidan
ochiq dars tashkil etildi
 
       Navoiy innovatsiyalar universiteti "Aniq, texnika va tabiiy" kafedrasining Biologiya ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 2-guruh (kunduzgi ta'lim) talabalari bilan kafedra o'qituvchisi Raxmatullayeva Laylo Baxtiyor qizi tomonidan "Kimyogarlar" kuniga bag'ishlab,  "Optik mikroskopning ishlash tamoyili" mavzusida ochiq laboratoriya darsi tashkil etildi.
 
 
       Ochiq dars zamonaviy texnologiyalardan foydalanilib, "Zanjir", "Venn diagrammasi", "Harflar gapirganda", "Pizza", "Diqqatni jamlash", "Qismlarni nomlang" kabi metodlar orqali tashkil etilib, talabalar bilimi mustahkamlandi.
 
 
   Bahs-munozaralar, savol-javoblar orqali mavzuga chuqur yondashildi. Ochiq laboratoriya darsi "Kimyogarlar" kuniga bag'ishlangani munosabati bilan talabalar bilan turli xil qiziqarli tajribalar o'tkazildi.