Navoiy Innovatsiyalar Universiteti faxri, iqtidorli talabasi, “Biologiya” ilmiy to‘garagi a’zosi va “Universitet granti” sohibasi Aniq, texnika va tabiiy fanlar kafedrasi, “Biologiya ta’lim” yo‘nalishi, 2-kurs talabasi Olamgirova Gulshan xalqaro miqyosdagi yutuqlari bilan bizni yana bir bor faxrlantirdi!
U Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan hamkorlikda “Quality Publication” ilmiy nashrlar markazi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy yoshlar: ilmiy taraqqiyot va innovatsiyalar” mavzusida bo'lib o'tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada “Tabiatni o‘rganish orqali taraqqiyot sari: Jadid maktablarida botanika fanining o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasi bilan oflayn ishtirok etdi.
Ushbu konferensiyada o'z ishtiroki bilan Gulshan quyidagi yutuqlarga erishdi:
1. “Bo‘lajak Olim” statuetkasi;
2. XALQARO SERTIFIKAT 2 tilda;
3. DIPLOM (Qozog‘iston universitetidan);
4. DOI raqamli maqola (Google Scholar bazasida) Ilmiy to‘plamda maqola chop etilishi;
5. “Jadidlar izdoshi” stipendiyasiga nomzodlik.
Shuningdek, Gulshan 18 tadan ortiq maqolalar muallifi bo‘lib, ular quyidagi xalqaro va OAK jurnallarda chop etilgan:
▫️ “Tadqiqotlar” jurnali
▫️ “Journal of New Century Innovations”
▫️ “Modern Education and Development”
▫️ “Universal Theory of Scientific Researches of Whole World” va boshqalar.
Biz Gulshanning bu yutuqlaridan faxrlanamiz va unga kelgusi izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati