Qidirish

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik
bo‘yicha muhim uchrashuv!
 
     Navoiy Innovatsiyalar Universitetida Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar markazi vakillari – Quvondiqov Bahodir, Rajabov Omonboy, Bozorov Umid hamda universitet xodimlari ishtirokida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
 
 
     Yig‘ilishda yer yuzida eng seysmik hududlardan biri bo‘lgan Turkiya davlatida tez-tez sodir bo‘ladigan zilzilalar va ularning oqibatlari haqida muhim ma’lumotlar berildi.
 
 
      2026-yilga mo‘ljallangan fuqaro muhofazasi bo‘yicha onlayn o‘quv kurslariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
 
 
      Muhokama qilingan asosiy mavzular:
   Favqulodda vaziyatlar turlari:
- Biologik
- Gidrologik
- Vidirologik
 
Epidemiologik favqulodda vaziyatlar turlari:
- Epizodik
- Epitifologik
- Texnologik
- Ekologik
 
   Mavsumiy (yong‘inlar, is gazidan zaharlanish, botulizm kasalliklari va h.k.)
 
 
    Shuningdek, universitet Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan 30 soatlik o‘quv kurslari tashkil etildi va ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan 70 nafar xodimga guvohnomalar topshirildi.
 
 
    Ushbu tadbir favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xodimlarimizning bilim va tayyorgarlik darajasini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
 
 
Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati