Qidirish

Ilmiy yutuq bilan tabriklaymiz! 
 
      Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Shopulatova Nasiba Umirovnani ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etadi.
      Bu kabi yutuqlar universitetimiz ilmiy salohiyati oshishiga, ta’lim sifati yuksalishiga xizmat qilishi bilan birga, yosh tadqiqotchilar uchun ham munosib namuna bo‘lib xizmat qiladi.
    Universitet jamoasi Shopulatova Nasiba Umirovnani ilmiy faoliyatida bardavomlik va yangi muvaffaqiyatlar tilaydi!
   Hurmat bilan,
Navoiy innovatsiyalar universiteti