🌟 Milliylik — ma’naviyatimizning ko‘rki va iftixori! 🌟
👗 “Bizga milliylik yarashadi” shiori ostida Navoiy Innovatsiyalar universitetida har hafta payshanba va juma kunlari Milliy liboslar kuni o‘tkazilmoqda.🌸 Talaba qizlarimiz milliy liboslarda ishtirok etib, qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni va an’analarimizni namoyish etmoqda.🏵 Ushbu tashabbus yoshlar qalbida milliy g‘urur va ma’naviy merosga hurmatni yanada mustahkamlamoqda.