Qidirish

Yangiliklar

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETIDA IQTIDORLI TALABALAR UCHUN SEMINAR O‘TKAZILDI
09.10.2025
893
📌 Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish maqsadida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
PhD M. Ochilova va PhD L. Suvonova ma’ruzalar bilan ishtirok etib, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, ilmiy izlanishlarning ahamiyati, maqola va tezis yozish tartiblari haqida batafsil tushuntirishlar berdilar.
🔹 Seminar davomida talabalar: • ilmiy izlanishlarning mohiyatini o‘rgandilar; • mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar; • yangi loyihalar va g‘oyalar bilan bo‘lishdilar.
Seminar yoshlarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish, intellektual salohiyatini oshirish va kelajakdagi ilmiy liderlik faoliyatiga tayyorlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.