🧠 “Zakovat” – bilim va tafakkur sinovi!
Bugun Navoiy innovatsiyalar universiteti Axborot-resurs markazida iqtidorli talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini I-tur – Saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📌 Bellashuvda quyidagi yo‘nalish talabalari o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi: • Konchilik ishi • Iqtisodiyot • Axborot texnologiyalari va tarmoqlari • Biologiya • Pedagogika va psixologiya • Filologiya va tillarni o‘qitish
🔥 Ishtirokchilar o‘zining aql-idroki, bilimdonligi va tezkor fikrlash qobiliyatini namoyish etdilar.
📚 Mazkur tadbir nafaqat intellektual, balki ma’naviy boylik manbai bo‘lib, talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi.
✨ Bunday musobaqalar esa yoshlarni yanada faol, bilimdon va maqsadli bo‘lishga undaydi.