📚 Uchrashuv – ma’naviy boylik manbai!
2025-yil 2-oktyabr kuni Navoiy Innovatsiyalar Universitetining B korpusi Axborot-resurs markazi o‘quv zalida Navoiy shahar “Oqila ayollar” markazi a’zosi, tajribali jurnalist Matluba Hamroyeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✨ Tadbir davomida mehmon o‘zining jurnalistik faoliyati, hayotiy tajribalari va ijodiy yo‘lidagi qiziqarli lahzalar haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, yoshlarga bilim olishda faollik, kitob mutolaasi va o‘z ustida tinimsiz ishlashning muhimligini ta’kidladi.
🔹 Uchrashuv ishtirokchilari — Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tyutorlari S. Tilavova, D. Xolbekova, Z. O‘ralboyeva, D. Baxodirovalar suhbat jarayonida faol qatnashib, talabalarga o‘z maslahat va tavsiyalarini berdilar.
🌸 Tadbir talabalarga katta motivatsiya, ilhom hamda kasbiy mahorat sari intilish uchun yangi turtki bo‘ldi.