🎓 Navoiy innovatsiyalar universitetida “Zakovat” intellektual oʻyini 🧠✨
02.10.2025 kuni Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual oʻyinining I-tur final bosqichi boʻlib oʻtdi.
📚 Tadbirda talabalar oʻz bilim va tafakkurlarini sinovdan oʻtkazib, faol ishtirok etishdi. Yakunda jamoalarning uch bosqich davomida toʻplagan ballari umumlashtirilib, gʻoliblar aniqlandi:
🥇 “Tanlanganlar” jamoasi — ATT yoʻnalishi, 5-kurs, 2-guruh🥈 “Rumiylar” jamoasi — Boshlangʻich ta’lim, 3-kurs talabalaridan iborat🥉 “Tafakkur tolasi” jamoasi — Filologiya va tillarni oʻqitish (Ingliz tili), 3-kurs, 1-guruh
👏 Barcha gʻolib jamoalarni tabriklaymiz! Sizlarning bilimga chanqoqligingiz va izlanuvchanligingiz barchaga oʻrnak boʻlsin!