🧼✨ “Toza qo‘llar” dasturi ijrosi o‘rganildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 22-sentyabrdagi 370-sonli buyrug‘iga asosan Navoiy Innovatsiyalar universitetida “Toza qo‘llar” dasturi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.🔹 O‘rganish davomida universitetda yaratilgan tozalik va gigiyena sharoitlari, sanitariya qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, talabalar turar joyining oshxona, hojatxona hamda kirxonalari holati o‘rganildi.🔹 Mazkur jarayonda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari — Reymbayeva Gulchexra Sanatillayevna va Nurillayeva Shoira Qushnazorovna ishtirok etdilar.🧴 Tozalik — sog‘lom muhit, sog‘lom muhit esa samarali ta’lim garovidir!