🌟 VAFOYEVA DILOROM BAHODIR QIZI — 22 yosh📍 Navoiy viloyati, Navbahor tumanida tug‘ilib o‘sgan🎓 Hozirda Navoiy Innovatsiyalar Universiteti “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
Ilmiy va ijodiy yutuqlari:🏆 2022-yilda “Zakovat” intellektual o‘yinida jamoasi bilan 1-o‘rinni egallagan🎖 2022–2023 o‘quv yilida o‘z bilimlari evaziga 20% kontrakt chegirmasiga sazovor bo‘lgan🥉 2023-yilda “Zakovat” tanlovining keyingi bosqichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan🎓 2025-yil mart oyida Rektor stipendiyasi bilan taqdirlangan🥇 2025-yil 16-may kuni ZARMED Universiteti tomonidan o‘tkazilgan 1-Respublika fan olimpiadasida “Innovatsion iqtisodiyot” fanidan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Ilmiy izlanishlari:📖 “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining 2025-yil 12-sonida maqolasi chop etilgan📖 “Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti” jurnalining 2025-yil 7-sonida ham ilmiy maqolasi e’lon qilingan✍️ Iqtisodiyot va mintaqaviy rivojlanish yo‘nalishida bir nechta ilmiy maqolalar muallifi
💼 Amaliy tajriba: AT “Aloqabank” Navoiy hududiy kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazida Chakana biznes bo‘limi menejeri sifatida faoliyat yuritib, bank sohasi bo‘yicha boy tajriba to‘plagan
💡 Hayotdagi shiori:“Qiyinchilik — bu to‘xtash uchun emas, yanada balandroq uchish uchun sinovdir.”