Qidirish

Yangiliklar

‼️ Ezgulik, faollik, tinchlik: Navoiy Innovatsiyalar Universitetida qizlar haftaligi boshlandi!!!
14.10.2025
893
Har yili 11-oktabr sanasi butun dunyoda Xalqaro qizlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 57-son majlis bayoniga muvofiq, 6–11-oktabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haftaligi o‘tkazilmoqda.
👩‍🎓 Mazkur haftalik doirasida Universitet qizlari bilan:– "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" mavzusidagi ochiq davra suhbati;– "Sen mo‘jizasan" psixologik trening, mahorat darsi;– Talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish va o‘tkazish;– Qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida sport musobaqalarini o‘tkazish;– “Qizlar kelajakni tanlaydi!” mavzusida TTJda ko‘rik tanlovlar tashkil etiladi.
Tadbirlarning bosh g‘oyasi – qiz bolalarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
✨ Ushbu haftalik tadbirlari orqali yosh qizlar, qolaversa, butun jamiyat hayotida mehr-oqibat, ezgulik va imkoniyat muhitini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim tashabbuslarga guvoh bo‘lish mumkin.