Qidirish

Yangiliklar

🎓 Navoiy Innovatsiyalar Universitetida – magistr talabalari bilan uchrashuv!
14.10.2025
893
Bugun universitet rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Mavlonov Jurabek Yo‘rqulovich hamda universitet rahbarlari magistratura yo‘nalishiga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida magistratura bosqichining ilmiy va amaliy ahamiyati, yosh tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda universitetdagi ilmiy muhit haqida so‘z yuritildi.
✨ Professor Mavlonov Jurabek Yo‘rqulovich talabalarga ilmiy faoliyatda faol bo‘lish, yuksak maqsadlar sari intilish va zamonaviy bilimlarni egallash bo‘yicha tavsiyalar berdilar.
Tadbir samimiy muloqot va ilhom baxsh ruhda o‘tdi.