Qidirish

Yangiliklar

πŸŽ“ THE WORLD ACADEMIC SUMMIT β€” 2025
14.10.2025
893
πŸ“ Saudiya Arabistoni, Jidda shahrida joylashgan King Abdullah University of Science and Technology (KAUST) mezbonligida THE WORLD ACADEMIC SUMMIT — 2025 o‘z ishini boshladi! 🌍
Ushbu nufuzli sammitda dunyoning Top-1000 talik reytingiga kiruvchi yetakchi oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek Navoiy Innovatsiyalar Universiteti delegatsiyasi ishtirok etmoqda. πŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ€
Sammitning birinchi kunida ishtirokchilar KAUST universiteti faoliyati, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi va yaratilgan innovatsion imkoniyatlar bilan tanishtirildi. ✨
Bundan tashqari, “Barqaror mehmondo‘stlik va tajribaviy ta’lim uchun global model”, shuningdek “2025-yilgi universitetlar reytinglari va barqarorlik tahlili” mavzularida master-klasslar o‘tkazildi. πŸ“Š
Bu sammit – dunyo miqyosidagi ta’lim, innovatsiya va barqarorlik yo‘nalishida tajriba almashish, hamkorlikni mustahkamlash hamda yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. 🌎