Qidirish

Yangiliklar

“Bir haftada – bir kitob” loyihasi davom etmoqda!
14.10.2025
893
📚 2025-yil 9-oktyabr kuni Navoiy Innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusining Axborot-resurs markazi kutubxonasida atoqli shoir Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Bir haftada – bir kitob” loyihasi doirasida tashkil etilib, talabalar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, o‘zbek adabiyotining yetuk vakillari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirishga qaratildi.
✨ Tadbir samimiy va ma’naviy ruhda o‘tib, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.