Qidirish

Yangiliklar

Ona tilim – sarchashmangdan sarxush dilim!
21.10.2025
893
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Yurtimizning barcha hududlarida 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
πŸ“š Bugungi kunda jamiyat oldida o‘zbek tilini asrab-avaylash va rivojlantirish borasida muhim vazifalar turibdi. Xususan, ta’limda tilning o‘rnini kuchaytirish, o‘zbek tilini raqamli makonda faol targ‘ib qilish va ommalashtirish, tilni o‘rganishga qaratilgan madaniy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish dolzarb masalalardan biridir.
Ayni shu maqsadda Navoiy Innovatsiyalar Universitetida “Ona tilim – sarchashmangdan sarxush dilim!” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi talabalari tomonidan qadri baland, qaddi yuksak o‘zbek tilini ulug‘lovchi badiiy dastur namoyish etildi.
πŸ“Œ O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi orqali singadi. Ona tili — millatning ruhi!