Qidirish

Navoiy innovatsiyalar universiteti Axborot-resurs markazi xodimlari X.Rabbimova, N.Abdullayeva, D.Adizova tomonidan 17-noyabr kuni 18-noyabr O`zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog`i to`g`risida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan  “Bayrog`imiz – g`ururimiz, faxrimiz” mavzusida davra suhbati bo`lib o‘tdi.  Davra suhbatida  Tarix fani o`qituvchisi Abduraximov Husniddin Sadriddinovich qatnashdilar va o`zlarining fikr mulohazalarini bildirib, talabalar qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Oʻzbekiston bayrogʻi (rasmiy atalishi: Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi) — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng 1991-yilning 18-noyabrida  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.
Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir. Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.