Qidirish

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

📖 Adabiyot — ma’naviyat ko‘zgusi
20.11.2025
893
Bugun Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi Axborot-resurs kutubxonasida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo bo‘limi boshlig‘i Mengnor Ollomurod tashrif buyurib, adabiyotga ixlosmand talabalar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
Shuningdek, Sho‘rchi tumanida ochilishi rejalashtirilayotgan “Mushoira” klubi haqida ham ma’lumot berildi. Ushbu tashabbus kampus tomonidan ilgari surilib, ijodkor shoira, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Baxtigul Elmurodova rahbarligida universitet qoshida klub ochilishi ko‘zda tutilgan.
Bunday tadbirlar yoshlar orasida ijodiy muhitni shakllantirish, adabiyotga mehr va qiziqishni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.